Pedagogik  texnalogiya

 

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLAB FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN O’QITUVCHILAR HAQIDA MA‘LUMOTLAR

 

#

Tuman

(shaxar)

Maktab #

O’qituvchining ismi va sharifi

O’qitadigan fani

Ish faoliyatida qo’llayotgan YAPTning mazmuni

1

G’allaorol

78

Abdujalilova SHoira

Boshlang’ich ta’lim

O’quvchilar faolligi va savodxonligini o’stirishda o’qituvchi va oila hamkorligi, noan’anaviy dars tashkil etish (xususan, «Uvol nima?» mavzuida. Unda o’quvchilarda mehnatni qadrlash va hurmatlash tuyg’ularini shakllantirish, mehnatga doir milliy qadriyatlarimizni singdirish bo’yicha ish mazmuni berilgan).

2

Jizzax shaxri

6

Soyibnazarova Malika

Fizika

Fizika darslarining zamonaviy usullari (o’yin, musobaqa, suhbat, sinov, tanlov)dan foydalanib dars o’tish uslubiyotiga doir o’qituvchining ish mazmuni yoritilgan. Fizika darslarida O’TVlaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari haqida tavsiyalar berilgan.

3

Zomin

3

Roziqova Oydin

Boshlang’ich ta’lim

Boshlang’ich sinflarda riyoziyot darslarining noan’anaviy shakl va usullaridan foydalanish («Kim chaqqon?», «Savdo do’koni», «Sehrli olmalar» kabi o’yin elementlari) bo’yicha o’qituvchining ish tajribasi yoritilgan.

4

Zafarobod

3

Sattorova Halima

Boshlang’ich ta’lim

O’quvchilarni tez va ongli o’qishga o’rgatish bo’yicha o’qituvchining ish tajribasi yoritilgan.

5

Zomin

1

Raxmatullaeva Hanifa

Rus tili va adabiyoti

Rus tili darslarida noan’anaviy usullar (qadriyatlar va ularni hurmat qilish, yuksak insoniy xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlardan o’qituvchi tomonidan tanlangan (tuzilgan) didaktik materiallardan foydalanib, darsni demokratlashtirish, zamonaviy fikrlashni rivojlantirish)

6

Jizzax shaxri

25

Mahmudova Ortiqoy

Mehnat ta’limi

Mehnat ta’limi darslarida ijodkorlik tamoyilini amalga oshirish, milliy qadriyatlarni singdirish, milliy qadriyatlarni singdirish. (test topshiriqlari tuzib, undan dars mavzulariga mos tarzda foydalanish). Tikish - bichishda milliylik va zamonaviy elementlarni uyg’unlashuvi haqida uslubiy tavsiyalar yoritilgan.

7

Jizzax tumani

28

Mustafa-qulova Hulkar

Ingliz tili

O’quvchilarni ingliz tiliga o’rgatishda noan’anaviy usullardan foydalanish (O’yin darslari, seminarlar tashkil etish, lug’at boyligini rasmlar orqali oshirish, maktabda chet tili haftaligini o’tkazish)

8

G’allaorol

25

Tursunova Salomat

Boshlang’ich ta’lim

Darsni o’zlashtirishda tezkorlik (tez savol-javob asosida o’quvchilar faolligini oshirish bo’yicha o’qituvchining didaktik usullari, ko’rgazmali qurollari va ulardan samarali foydalanishi) haqida tavsiyalar berilgan.

9

Baxmal

33

Ilasheva Dilfo’za

Rus tili va adabiyoti

«Iqtisod alifbosi» maxsus integrasiya qilingan fan sifatida o’rganish bo’yicha o’qituvchining boshlang’ich sinflarda olib borayotgan ishlari (tabiat va tabiat ne’matlari sodda matematik tushunchalar iqtisodiy savodxonlik, bozor iqtisodiyoti)

10

Jizzax tumani

24

Ochilov qodirqul

Fransuz tili

Fransuz tilini o’rganishda leksik ko’nikmalarni rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, darsda o’yin elementlaridan foydalanish uslubiyotiga doir o’qituvchi ish faoliyati mazmuni yoritilgan.

11

Zomin

3

Abdurahimova SHarofat

Boshlang’ich ta’lim

Boshlang’iya sinflarda darsning noan’anaviy shakl va usullaridan foydalanish. Xususan, «Sayohat darsi»ni tashkil etish uslubiyotiga doir o’qituvchining ish tajribasining mazmuni yoritilgan

12

Jizzax VPXMOI

 

Hasanova Nazira

Boshlang’ich ta’lim bo’limi

O’quvchilarni 100 ichida ko’paytirish va bo’lishga o’rgatishda YAPTlarni qo’llash uslubiyotiga doir tavsiyalar beriladi

13

Jizzax VPXMOI

 

Mirzaqobilov Norqo’zi

Matematika va informatika kafedrasi

Matematikadan o’yin darslarini tashkil etish va o’quvchilar bilimini nazorat qilishning YAPT yo’llari haqida tavsiyalar berilgan.

 

 

 

 

Hosted by uCoz